Pitomnik

Pitomnik 2003 yilda bunyod etildi va O’zbekiston Respublikasi Tabiatni Muhofaza Qilish Davlat Qo’mitasi tomonidan №000004 raqamli ruhsat guvohnomasi asosida 2005 yil 4 avgustda ro’yhatga olindi. U Toshkent shahri,Kichik Halqa Yo’lida joylashgan bo’lib, o’z ichiga 4 ta qishki va 14 ta yozgi qafaslarni qamrab olgan. Qafaslar to’tilarning turiga qarab qurilgan va ular yozgi va qishki mavsumga mo’ljallangan. Qafaslarda qushlarning bemalol uchib, harakatlanishi uchun sharoit yaratilgan. Unda katta va kichik to’tilar bilan birgalikda ba’zi yovvoyi sayroqi qushlar ham parvarish qilinib, ularning bir necha turi ko’paytirilmoqda.