Hush kelibsiz

Bunda osmon bilan teng tog’lar,
Oy kaftida bir olam ziyo.
Qushlar bilan go’zaldir bog’lar,
Inson bilan tirikdir dunyo.

Ma’lumki, O’rta Osiyo durdonasi sanalmish O’zbekiston respublikasi mehmondo’st halqki, ta’mi tilni yoradigan asal mevalari, nihoyatda ko’lami keng o’simlik va hayvonot olami bilan dunyoga mashhur.

Quyosh bilan yelkadosh turgan viqorli tog’lar bag’rida biz bilgan va bilmagan shunday tabiat mo’jizalari borki, ularga bir nigoh solib, hayrat to’la ming bir ta’surotga ega bo’lamiz.

Shunday mo’jizalardan biri- qushlardir. Hozir taraqqiy topgan ko’plab mamlakatlarda bo’lgani kabi, bizda ham yovvoyi, sayroqi va dekorativ qushlarga e’tibor katta.

Butun respublikamiz bo’ylab turli qushlarni honakilashtirish va uy sharoitida ko’paytirishdek murakkab masalada samarali natijaga erishlganlar soni tobora ortib bormoqda. Ular orasida bir necha yillik tajribaga ega bo’lgan professionallar ham oz emas. Shu boiz mazkur saytni yaratishga jazm etdim. Maqsadim respublikamiz qushchilarini butun dunyoga tanishtirish. Hozirgi kunda qushlarga bag’ishlangan "PARVOZ" sayti yagona hisoblanib, kelajakda bunday saytlarni ko’payishiga umid bog’lab qolaman.

Xullas, sizni ham poyoni yo’q bu mavzu mushoxodasiga chorlagimiz keldi. Bu uchrashuv ikki tomon uchun birdek foydali va qiziqarli bo’lsin.

Extirom ila Axmadjonov Shavkat
Toshkent / O’zbekiston

Fotogalereya